Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-16-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Tadbir doirasida
“Startap loyihalar va inkubatsiya markazi”ning ochilish marosimi o’tkazildi. Yangi g‘oyalar, innovatsion loyihalar va hunarmandchilikni raqamli rivojlantirish sari muhim qadam! Hunarmandlar va tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar eshigi ochildi.
Tadbir davomida “Milliy liboslar faxrim” mavzusidagi ko‘rgazmali namoyish — yurtimiz hunarmandlari tomonidan tayyorlangan milliy liboslar kolleksiyasi namoyish etiladi. Milliy uslub, zamonaviy did va ayollar husniga yangicha yondashuv!
Ommaviy axborot vositalari vakillarini taqdirlash marosimi — “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda samarali ish olib borayotgan OAV vakillari taqdirlanadi.