“Artigiano in Fiera” xalqaro ko’rgazmasida o’zbekistonlik 25 nafar hunarmandlar ishtirok etishmoqda

Joriy yilning 30-noyabrdan 8-dekabr kuniga qadar Italiya davlatining Milan shahrida “Artigiano in Fiera” xalqaro ko’rgazmasi o’tkaziladi. Ushbu ko’rgazmada O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasiga a’zo 26 nafar hunarmandlar ham o’zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etmoqdalar.

Ko’rgazmada 100 dan ziyod davlat hunarmandlari va 1,5 milliondan ortiq mijoz tashrif buyuradigan pavilonlar, dunyo bo‘ylab yetakchi ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlik sub’ektlari, xizmat ko‘rsatish hamda eksport korxonalari mahsuloti va xizmatini jamlagani e’tirof etilgan.

Ushbu xalqaro ko’rgazmada hunarmandlarimiz hunarmandlik qadriyatlarini aks ettirgan mahsulotlar – ipak gilam, ipak mato, miniatyura, yog’och o’ymakorligi, chopon, so‘zana, pichoq hamda kulolchilik mahsulotlarini alohida ta’riflab, ko‘rgazmada “asllik, milliy xususiyat, zamonaviylik va an’anaviylik, sharqona jozibadorlik” uyg‘unlashganini ta’kidlagan.

 

Oldingi San’at bilan hamnafas bo‘ling: Sharif Raupovning noyob zargarlik durdonalari ko‘rgazmasi!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.