Vazirlar Mahkamasining «Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi tashkil qilinmoqda.
Muzeyning asosiy vazifalari etib muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, to‘plash va saqlash, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish,yoshlarni «ustoz-shogird» an’analari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish, kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, ekspozisiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish belgilangan.
Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov topshirig‘iga asosan “Rishton an’anaviy kulolchilik muzeyi”ni dizayni ustida ish olib borish uchun san’atshunos Binafsha Nodir jalb etilgan.Joriy yil 1-may kuni san’atshunos Binafsha Nodir Farg‘ona viloyatiga xizmat safarida bo‘ldi .
Xizmat safari davomida san’atshunos Rishton tumanida usta kulollar bilan uchrashdi. “Rishton an’anaviy kulolchilik tarixi muzeyi” uchun tarixiy eksponatlar joylashuvi va binosini ko‘zdan kechirib, muzey dizayni bo‘yicha bajariladigan ishlar bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.Ushbu muzeyni tashkil etish bo‘yicha dastlabki xarakatlar boshlanib yuborildi.
