Boysun tumanida yashovchi Azizova Maftuna bir necha yillardan buyon hunarmand sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 2025-yil mart-oylari davomida respublika «Hunarmand» uyushmasi tomonidan bepul tashkil etilgan o‘quv kursida 12 nafar shogirdga gilamchilik sirlarini o‘rgatdi. Bugun esa ularga sertifikat berildi.
2015-yilda «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘ldim va bugungi kunga qadar 200 nafardan ortiq shogird tayyorladim. Bugun tayyorlagan 12 nafar xotin-qizlar ertaga gilam to‘qish ortidan ro‘zg‘orlarini uddalasa, men o‘z ishimni vijdonan bajardim, deb hisoblayman va quvonaman.
Manba : https://t.me/boysun_xotin_qizlar