Gʻazgʻon marmari – san’atga aylangan tosh

Hunarmandlikning tirik timsoli: Tohir Rahimov

Navoiy viloyati, Gʻazg‘on shaharchasida yashovchi mashhur sangtarosh Tohir Rahimov 40 yildan ortiq vaqtdan buyon marmarga “jon baxshi etib”, yurtimizdagi yuzlab tarixiy obidalar va ziyoratgohlar uchun badiiy asarlar yaratmoqda.

Ustozning asarlari:
– Qabr toshlari
– Oyna ramkalari
– Bezakli panjara va eshiklar
– Haykal va tabaqlar
– Tarixiy yodgorliklar bezaklari

Uning bobosi — Abdurahim Turdiyev ham sangtarosh bo‘lgan. Shuning uchun bu hunar ustoz uchun faqat kasb emas, balki meros, mas’uliyat va muhabbat ramzidir.

“Toshni sevsangiz, u siz bilan gaplashadi,” — deydi usta.

Tohir Rahimov nafaqat ijodkor, balki shogirdlar tarbiyalab kelayotgan hunarmandlik maktabi rahnamosi hamdir.

Gʻazg‘on marmari – yurtimiz iftixori. Tohir Rahimov – uning “ovoz”i.


 

Oldingi Qaynonaning chevarlikka bo‘lgan mehr va mahorati tufayli oila a’zolari ham hunarmand bo’ldilar

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.