So‘x tumanida “Kulolchilik markazi” qaytadan barpo etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi PQ–4798-son qarori (“2020–2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”)ning 1.1.2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil 30 iyun kuni So‘x tumanida “Kulolchilik markazi” qaytadan barpo etildi.

Ushbu markaz “Rishton kulolchilik markazi” bilan kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilgan holda tashkil etildi. Loyihani amalga oshirishda So‘x tuman hokimligi, “Hunarmand” uyushmasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Rishton kulolchilik sohasining yosh va salohiyatli ustasi, “Shokirmingboshi Ceramics” oilaviy korxonasi rahbari Shokirjon Axmadjonov faol ishtirok etdilar.

Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali:

dastlab 20 nafar,

2025 yil yakuniga qadar esa 60 nafarga yaqin So‘x tumani yoshlarini doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Markazda kulolchilik yo‘nalishida amaliy o‘quv kurslari tashkil etiladi, mahalliy yoshlar kasb-hunarga o‘rgatiladi va milliy hunarmandchilik an’analarini saqlash hamda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tayyorlangan keramika va kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

“Kulolchilik markazi” nafaqat iqtisodiy ahamiyatga ega, balki So‘x tumani yoshlarining ijtimoiy faolligini oshirish, milliy merosni tiklash va hunarmandchilik sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi Gilamdo‘zlik an’analari izidan…

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.