“Yoshlar oyligi” doirasida Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda uyushma tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassis yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar, shuningdek, turli taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarga yaqinlashish, ularning fikr va ovozini eshitish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarimizning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni hunarmandchilik sohasiga yanada keng jalb etishda muhim qadam bo‘ladi.
Yangi ruhiyatdan ilhomlanib, birlash!
Rivojlanish va hamjihatlik sari birgalikda harakat qilaylik!