Nazirov Baxtiyor Nosirovichni tavallud ayyomlari munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, Badiiy akademiyasi a’zosi, milliy kulolchilik va xalq amaliy san’ati sohasida faoliyat yuritayotgan yetuk hunarmand – Nazirov Baxtiyor Nosirovichni tavallud ayyomlari munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Nazirov Baxtiyor Nosirovich – asrlar davomida yurtimizda shakllangan kulolchilik an’analarini asrab-avaylab, uni zamonaviy yondashuvlar asosida boyitib kelayotgan, badiiy mazmun va milliy g‘oya bilan boyitilgan yuksak san’at namunalarini yaratayotgan hunarmand-ustodlarimizdan biridir.

U kishi nafaqat ijodkor, balki ustoz sifatida ham xalq amaliy san’atini yosh avlod orasida keng targ‘ib etish, uning qadriyatlarini saqlash va kelgusi avlodga yetkazish borasida muhim vazifalarni sidqidildan bajarib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi nomidan Nazirov Baxtiyor Nosirovichni ushbu qutlug‘ sana bilan muborakbod etar ekanmiz, ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, tinimsiz ijodiy parvoz va oilaviy osoyishtalik tilaymiz.

Oldingi Toshkentda “Xalqaro Ruminiya bluzkasi kuni” munosabati bilan ko‘rgazma ochildi!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.