Toshkentda “Xalqaro Ruminiya bluzkasi kuni” munosabati bilan ko‘rgazma ochildi!

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan “Xalqaro Ruminiya bluzkasi kuni”ga bag‘ishlangan madaniy ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazma ekspozisiyasi Ruminiya milliy an’analarini o‘zida aks ettiruvchi bluzkalar va zamonaviy liboslardan iborat bo‘lib, ular o‘zbekistonlik mashhur dizayner Marhamat Umarova tomonidan bezatilgan. Liboslarda milliy naqshlar va har ikki xalq madaniy elementlari uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘lgan.

Loyiha doirasida Ruminiya va O‘zbekiston xalqlarining boy madaniy merosi, an’anaviy hunarmandchiligi hamda zamonaviy modaga yondashuvlari birlashtirilgan.

Tadbirda, shuningdek, Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov ishtirok etidi

Ko‘rgazma 2025 yil 2-iyulga qadar faoliyat yuritadi.

Oldingi “Dolzarb 90 kun” doirasida ma’naviy-ma’rifiy soatlar!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.