Prezident tashrifi doirasida: O‘zbekiston hunarmandchiligi Mo‘g‘ulistonda namoyish etildi

2025 yil 24–25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lmoqda. Bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi.

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, konchilik, logistika va transport sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar munosabatlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shu munosabat bilan tashkil etiladigan hunarmandchilik ko‘rgazmasida “Hunarmand” uyushmasining faol a’zolari – Aybek Tajimuratov va Jo‘rabek Sidiqov o‘zlarining noyob va an’anaviy mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Aybek Tajimuratov — milliy hunarmandchilikning qadimiy turi bo‘lgan cho‘yan ustaligi va misgarlik bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, o‘z asarlarida O‘zbekistonning yuksak madaniy zavqini aks ettiradi.

Jo‘rabek Sidiqov esa kulolchilik va milliy naqqoshlik borasida o‘z ijodi bilan tanilgan hunarmand bo‘lib, uning asarlarida xalqimizning badiiy merosi va o‘zgacha uslubi namoyon bo‘ladi.

Bu ko‘rgazma – nafaqat hunarmandchilikning targ‘ibi, balki O‘zbekistonning madaniy salohiyati va milliy an’analarini xalqaro maydonda namoyon etishda muhim qadamdir.

Oldingi Matbuot xodimlariga ehtirom: faol jurnalistlar taqdirlandi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.