Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.
9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangan. “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va uning hududiy boshqarmalari faxriy hunarmandlarni holidan xabar olish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish an’anaga aylangan.
Bugun “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Respublika “Hunarmand” uyushmasi majlislar zalida nuroniy, faxriy hunarmandlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov ishtirok etib, yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir’ dedi o‘z so‘zida.
Faxriy hunarmandlarni kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!