Joriy yil 2-4 may kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida Xalqaro gilam festivali o‘tkazildi.
Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad gilamdo‘zlikni jahon miqyosida namoyish etish, uni yanada rivojlantirish hamda butun dunyo gilamchilarining tajribasi va mahoratidan foydalanishdan iborat.
Festival 2 may kuni gilamchilik sanoatining yetakchi mutaxassislari, gilamdo‘z hunarmandlar, dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilar va tadqiqotchilarni birlashtiradigan Xalqaro gilam forumi bilan ochildi.
3 – 4 may kunlari gilam ko‘rgazmalari, mahorat saboqlari, interaktiv teatrlashtirilgan tomoshalar va musiqiy tadbirlar o‘tkazildi. Turli davlat vakillari o‘zlarining gilamdo‘zlik an’analarini namoyish etdilar.
Xalqaro gilam festivalida “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, boysunlik gilamdo‘z Xaticha Raximberdiyeva ishtirok etmoqda.
Aytish lozimki, “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yordam tariqasida berilgan xomashyolardan gilamlar tayyorlagan Xadicha Raximberdiyevaning ishlari ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
X.Raximberdiyeva hunarmadchlikning jun, ipak va paxta iplaridan tayyorlagan gilam, janda va olacha, ulardan har xil turdagi joynamoz, chopon milliy liboslari tayyorlash va boysun to‘ldirma, lolagul, munchoqli do‘ppi tayyorlash bo‘yicha o‘z sohasining mohir ustasi.
X.Raximberdiyeva Surxon gilamlarini 42 turdagi qadimiy naqshlarini tiklab, mahsulotlarini to‘qilishi va tayyorlanishida tabiatdan olinadigan tabiiy bo‘yoqlardan foydalanganligi uchun ushbu mahsulotlarga ichki va tashqi bozorda qiziqish katta.
Ozarbayjonning Baku shahrida Xalqaro gilam festivalida ishtirok etgan hunarmand X. Raximberdiyeva juda mamnun chunki u maxsulotlarini namoyish etish bilan birga tajriba almashish hamda soha ustalari ishi bilan tanishishi imkoniga ega bo‘ldi.