Ko‘p asrlik tarixga va an’analarga ega Rishton kulolchiligi

Bugun “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbariyati Rishton tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumanda faoliyat yuritayotgan kulollar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalliy ustalarning bugungi kundagi faoliyati, ular duch kelayotgan muammolar, amaliy taklif va tashabbuslari batafsil tinglandi. Ustalarning har bir fikri diqqat bilan eshitilib, muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ayni paytda yurtimizda turizm va xizmatlar sohasi rivojida milliy hunarmandchilikning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. Chunki hunarmandchilik nafaqat milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, balki iqtisodiyotga amaliy hissa qo‘shish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy brendlarni jahon bozoriga olib chiqishda muhim vosita hisoblanadi.

Ko‘p asrlik tarixga, noyob uslub va an’analarga ega bo‘lgan Rishton kulolchiligi bugungi kunda zamonaviy talab va iste’mol bozoriga mos ravishda rivojlanmoqda. Usta hunarmandlar nafaqat merosni saqlab qolish, balki unga yangicha nafas bag‘ishlash, estetik jihatdan yuksak, zamonaviy didga mos mahsulotlar yaratish ustida izlanish olib bormoqda.

Ushbu uchrashuv Farg‘ona viloyatida hunarmandchilikni yanada keng qo‘llab-quvvatlash, mahalliy ustalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini amalga oshirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Oldingi Namanganda xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.