Respublika “Hunarmand”uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida

Xizmat safari davomida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, Rishton kulolchilik maktabining yettinchi avlod vakili, ustazoda hunarmand Sharofiddin Yusupov, usta-hunarmand Tohirjon Haydarov hamda Furqat tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston xalq ustasi, yog‘och o‘ymakori Muhammadali Yunusovlarning uy muzey va ustaxonalarida bo‘lib, hunarmandlar bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirish, amaliy san’at ustalari faoliyatini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmon loyihasining 4-ilovasida nomlari keltirilgan hunarmandlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ularning uy-muzey, ustaxona, galereya va “Hunarmandchilik markaz”lari uchun to‘lanadigan  mulk solig‘i uchun 50 foiz miqdorida imtiyoz qo‘llash nazarda tutilayotganligi haqida so‘z bordi.

Oldingi Kulolchilik: TUPROQDAN MO‘’JIZA YARATISH SAN’ATI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.