Bugun Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori Botir Ergashevni qabul qildi.
Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan o‘zaro suhbat davomida Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memoranadum:
Usta-shogird an’analari orqali yoshlarda hunarmandchilikka oid ko‘nikmalarni shakllantirish, yoshlar tomonidan yaratilgan buyumlar ko‘rgazmalarini tashkil qilish, kelajakda hunarni mukammal o‘rganishlari uchun mahallalardagi usta-hunarmandlarga shogird sifatida biriktirish, shuningdek, usta-hunarmandlar bilan birgalikda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish;
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati namunalarini ilmiy-uslubiy jihatdan o‘rganish, hududlar kesimida ilmiy-ekspedisiyalar tashkil qilish;
Nomoddiy madaniy meros namunalarini aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish va o‘tkazish kabi yo‘nalishlardan iboratdir.