Malayziyaning turizm shahri Kuchingda “Borneo Craft Global” (BCG) “Expo & Conference” festivali bo’lib o’tdi. Quvonarlisi, ushbu festivalda o’zbekistonlik yosh hunarmand, shahrisabzlik mohir kulolchilar sulolasining yettinchi vakili Rustam Muzaffarov o’z ijodiy mahsulotlari bilan munosib ishtirok etib, “Maktabgacha va maktab ta’limida an’anaviy kulolchilikning o’rni” mavzusida ma’ruza qildi.
Hunarmand o’z ma’ruzasi davomida kulolchilikning bola qo’l matorikasiga foydalari taraflarini bevosita amaliy jarayon hamda video darslar orqali ko’rsatib berdi.
Konferensiyaning uchinchi kunida R. Muzaffarov xalqaro hakam sifatida festival g’oliblarini aniqlash jarayonlarida munosib ishtirok etdi.