“Hunarmand” uyushmasi a’zosi, hunarmandchilikning miniatyura, rang-tasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Toshkent viloyatining Yangi yo‘l shahrida yashovchi Nilufar Yarmatova shu yilning 4-14 dekabr kunlari Xindistonda o‘tkazilgan «Krukshetra 2024» xalqaro hunarmandlar ko‘rgazmasida munosib ishtirok etdi.
Hunarmandning bir-biridan betakror bo‘lgan ijodiy ishlari xalqaro ko‘rgazmada munosib e’tirof etilib, Xindistonning ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.