Respublika «Hunarmand» uyushmasida yangi loyihalar yuzasidan ekspertlar ishtirokida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov, ekspertlar Xusniddin Ato, Sardor Gaziyev hamda loyihalar bo‘yicha Uyushmada tashkil etilgan Ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida quyidagi loyihalar muhokama qilindi.

Birinchisi bu hunarmandlar ishini baholash bo‘yicha chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi “Asl san’at” nomli qo‘llanma. Ushbu qo‘llanmani yaratishdan asosiy maqsad shuki, hunarmandchilik mahsulotlari bozorida qalbakilashtirish va ommaviy ishlab chiqarishga barham berish, qo‘l mehnatining aslligi va madaniy qiymatini saqlab qolishdan iboratdir.

Bu qo‘llanma kim uchun? Turistlar, kolleksionerlar, art-dilerlar, qo‘l mehnatini qadrlaydigan va buyumlarning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishni xohlaydigan xaridorlar uchun.

Negaki, turistik guruhlar ko‘pincha haqiqiylikni baholashda qiyinchiliklarga duch kelishadi va ularga xarid qilishda yordam beradigan qulay asbobga ega bo‘lishni xohlashadi va bu esdalik sovg‘alari va qo‘lda yasalgan buyumlarga sarflanadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Ikkinchi loyiha shuki, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining ijtimoiy tarmoqlarda rus va ingliz tillarida yangi sahifalarni yaratish. Bu orqali o‘zbek milliy hunarmandchiligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va eng so‘nggi yangiliklar bilan nafaqat mahalliy, balki xorijiy hunarmandlar ham tanishib borishiga erishiladi.

Uchrashuv yakunida ushbu loyihalar bilan ishlash va ularni hayotga tadbiq qilishda uyushma rolini oshirishga kelishib olindi.

Oldingi 2025 yilning birinchi yarim yilligida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan xorijiy savdo-yarmarkalari hamda festivallari to’g’risida

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.