Maxkamov Jasur Djumabayevich

Toshkent viloyati —

Toshkent viloyati O‘zbekiston Respublikasining tarkibidagi viloyat bo‘lib Respublikaning shimoliy-sharqida 1938-yil 15-yanvarda tashkil qilingian. Maydoni 15.3 ming km2. 2024-yil 1-noyabr xolatiga 3.094.870 kishini tashkil qiladi. Toshkent viloyati qulay geografik makonda joylashgan bo‘lib tarkibida 15 ta tuman va 7 ta shahar bor. Markazi Nurafshon shahri.

HUNARMANDCHILIGI

Toshkent viloyatida hunarmandchilikning ko‘p turlari rivojlangan bo‘lib. Jumladan:
1. Yog‘och o‘ymakorligi – Yusupov Shavkat Shuxratovich. Toshkent viloyati Qibray tumani faol hunarmandi. Asosiy faoliyati Milliy usulubda murakkab konstruksiyaga ega turli xil hajmdagi laganlar, panno shahmat ustunlari, qutilar eshik va darvozalar ustunlar so’ri va noyob qozonlar yasash bilan shug‘ullanadi. Butun faoliyati davomida 28 ta xalqaro, 60 tadan ortiq Respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma, festival, korporativ birja va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan.
2. Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash – Sultanova Shaxida Tuyanovna. Toshkent viloyati Olmaliq shahar hunarmandi. 2019-yi 3-4 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida xalq amaliy san’atiga bag‘ishlangan festivali, 2021 yilda Turkiyaning Anqara va Denezliy shaharchalarida “O‘rta Osiyo el san’atlari” festivalida ishtirok etgan va Diplom bilan mukofotlangan. 2024-yil may oyida Buxoro shahrida o‘tkazilgan «II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali» da “Qadimiy an’analarni qayta tiklagan zargar” yo’nalishi bo‘yicha 1-o‘rin sohibasi.
Mahsulotlari butun viloyatlar bo‘ylab talabgir hisablanadi. Sababi ham zamonaviy ham milliylik ruhida tayyorlangan. 100 dan ortiq malakali shogirdlar yetishtirgan. Viloyatlar bo‘ylab o‘quv kurslari o‘tkazib kelmoqda.
3. Miniatyura va rangtasvir naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash – Yarmatova Nilufar Karimovna. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar hunarmandi. Besh tashabbus Respublika tanlovi sovrindori. N.Yarmatova Tadbirkor ayolning eng yaxshi loyihasi tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan. Toshkent viloyati prakraturasi tashabbusi bilan yangi zamonaviy ustaxona qurib berilgan bo‘lib unda 50 ga yaqin yoshlarni hunarmandchilik san’atiga jalb qilib usta-shogird an’anasini yo’lga qo‘ygan. N.Yarmatova o‘zining 19 yillik ish faoliyati natijasida bir nechta davlatga xususan Ukraina, Rossiya, Fransiya, AQSH tadbirkorlari bilan shartnomalar imzolagan hamda eksport qilishga erishgan.
4. Yog‘och o‘ymakorligi – Raxmatullayev Komoliddin Sirojiddinovich. Toshkent viloyati Zangiota tumani hunarmandi. K.Raxmatullayev 1993-yilda “Usto” birlashmasida o‘zining ish faoliyatini boshlagan. 2008-yil O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi hisoblanadi. Ish faoliyati davomida yurtimizning turli joylarida katta inshoatlardan xususan Oliy Majlis binosi, Imom Buxoriy majmuasi, Ko‘kcha masjidi, Shaxidlar xiyoboni o‘yma eshiklari Xotira maydonidagi naqshinkor o‘yma to‘qilar, Zangiota ziyoratgohi o‘yma ayvonlari eshiklarining xashamdor va chiroyli bo‘lishida o‘z xissasini qo‘shgan.
5. Qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini tayyorlash – Yusupov Ibrat Shuhratovich. Toshkent viloyati Qibray tumani hunarmandi. U o’z yo‘nalishi bo‘yicha hunarini kelajak avlodga to‘laqonli yetkazish maqsadida Respublikamizda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida 30 dan ziyod shogirdlarni tayyorlab ular uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib hunarining sir asrorlarini puxta o‘rgatib mustaqil faoliyat ko‘rsatishga ko‘maklashib kelmoqda. 2024-yil may oyida Buxoro shahrida o‘tkazilgan «II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali» da “Qadimiy an’analarni qayta tiklagan zargar” yo‘nalishi sohibi.

6. O‘yinchoqlar tayyorlovchi – Ibragimov O‘rinboy Karimovich. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hunarmandi. Respublika “Hunarmand” uyushmasi viloyat miqiyosida o‘tkazib kelinayotgan barcha tadbirlarning faol ishtirokchisi. Respublika Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ertak qahramonlarini, qo‘g‘irchoqlarini milliylik ruhida yasab yoshlarga o‘z hunarini o‘rgatib kelmoqda. O‘yinchoqlari ham zamonaviy ham milliylik ruhida aks ettiruvchi obrazlarni namoyon qiladi. O‘zining hunarini sir asrorlarini 80 dan ziyod shogirdlarga o‘rgatib Usta-shogird an’analarini davom ettirib kelmoqda.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.