Hurmatli hunarmandlar!
Ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoni asosida Hunarmand uyushmasiga a’zolik yo‘nalishlari yangilandi.
Ushbu Farmonga muvofiq:
Hunarmandchilik faoliyatining milliy, an’anaviy va qo‘l mehnatiga asoslangan yo‘nalishlari saqlab qolindi;
Hunarmandchilikka xos bo‘lmagan, ommaviy xizmat, servis yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati toifasiga kiruvchi ayrim yo‘nalishlar Hunarmand uyushmasi tarkibidan chiqarildi.
Mazkur o‘zgarishlar:
Hunarmandchilikni sof milliy yo‘nalish sifatida rivojlantirish,
An’anaviy hunarlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish,
Uyushma faoliyatini yanada tizimli va samarali tashkil etish
maqsadida joriy etildi.
Asosiy yo’nalishlar
-
Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash
-
Mualliflik mebellarini tayyorlash
-
Milliy liboslar tayyorlash
-
Bosh kiyimlar tayyorlash
-
Novdalardan buyumlar to‘qish
-
Ganch o‘ymakorligi
-
Yog‘och o‘ymakorligi
-
Tosh o‘ymakorligi
-
Qo‘lda gilam to‘qish
-
Metalldan buyumlar yasash
-
Tunukadan buyumlar yasash
-
Milliy poyabzal tayyorlash
-
Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash
-
Kashtachilik
-
Zardo‘zlik buyumlari
-
Musiqa asboblarini tayyorlash
-
Chinni, fayans va sopol buyumlarni tayyorlash
-
Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash
-
O‘yinchoqlar tayyorlash
-
Charm mahsulotlarini tayyorlash
-
Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash
-
Hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar tayyorlash
-
Esdalik buyumlarini tayyorlash
-
Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash
-
Qo‘lda gazlamalarni to‘qish
-
Miniatyura, rangtasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash
-
Kandakorlik, misgarlik buyumlarini tayyorlash
-
Ot anjomlarini tayyorlash
-
Xattotlik
-
Makrame va qo‘lda to‘qilgan buyumlar tayyorlash
-
An’anaviy dizaynerlik xizmatlarini ko‘rsatish
-
Quroqchilik usulida tikish
(2026-yildan Hunarmand Uyushmasi tarkibidan chiqariladi)
1.Pechka va kaminlar yasash
2.Mozaika ishlari
3.Ko‘zgu tayyorlash
4.Suyakka o‘yma naqsh solish
5.Shisha puflash ishlari
6.Soatsozlik
7.Emallash ishlari
8.Qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish
9.An’anaviy do‘ppichilik
10.Zamonaviy san’at asarlari yaratish
11.Devorga bezak berish