Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qaroriga asosan “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi” hisobidan hunarmandlar uchun subsidiyalar ajratilishi boshlandi.
Subsidiyaning 2 turi mavjud:
“Usta-shogird” an’anasi asosida:
Shogird tayyorlayotgan hunarmandlarga —
Shogird ish haqi
Zarur xomashyo xaridi
Ustaga o‘rgatish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya.
Har bir shogird uchun (besh nafargacha):
1–3-toifa hududlarda: har oy BHMning 2 baravarigacha,
4-toifa hududlarda: BHMning 4 baravarigacha,
5-toifa hududlarda: BHMning 5 baravarigacha subsidiya beriladi (6 oy davomida).
Raqamli savdo va reklama uchun:
Ustalar o‘zlarining:
Internet saytlarini yaratish,
Mahsulotlarini xalqaro e-tijorat maydonlariga chiqarish,
Reklama xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olishlari mumkin.
To‘lovlar:
1–3-toifa hududlar uchun: harajatlarning 50% gacha (lekin BHMning 25 baravarigacha),
4–5-toifa uchun: harajatlarning 75% gacha (lekin BHMning 30 baravarigacha) qoplanadi.
Murojaat qilish tartibi:
Yashash joyidagi hokim yordamchisiga
yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz
yoki “Onlayn mahalla” platformasi orqali ariza topshiriladi.
Statistika: Hozirgacha Respublikada 152 nafar usta shogird tayyorlagani uchun 537 million so‘m subsidiya olgan.