AQSHda Nurota kashakasining yuksak salohiyati namoyish etildi!
Jorj Vashington universiteti muzei va AQSHning To‘qimachilik muzeyi rasmiy saytida Nurota tumani hunarmandi faoliyati, uning noyob kashtakorlik ishlari haqida maqola chop etildi.
Maqolada Nurota hunarmandlari tomonidan yaratilayotgan an’anaviy va zamonaviy kashaka namunalari, ularning badiiy qiymati, yoshlarga o‘rgatilishi hamda xalqaro bozordagi qiziqish haqida so‘z boradi.
Bu kabi e’tiroflar yurtimiz hunarmandlarining ijodi xalqaro maydonda tobora keng tan olinayotganini ko‘rsatadi.
“Hunarmand” uyushmasi yurtimiz hunarmandlarini, ularning xalq amaliy san’ati rivojiga qo‘shayotgan hissalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!
Manba: Nurota tumani hokimligi axborot xizmati