XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI

Davlatimiz rahbarining “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘zda tutilganidek, har ikki yilda bir marotaba Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali tashkil etiladi.

Bu festivalning Qo‘qon shahrida o‘tkazilishi zamirida o‘ziga xos ma’no bor. Zero, Farg‘ona vodiysi usta hunarmandlar yurti. Rishton tumanida kulolchilik, Marg‘ilon shahrida ipak matolar ishlab chiqarish, Qo‘qonda esa kandakorlik, pichoqchilik, yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishlari keng rivojlangan.

Festivalda xorijiy davlatlardan ham mahoratli hunarmandlar, amaliy san’at ustalari, mutaxassislari, soha olimlari va faxriy mehmonlar ishtirok etadilar. Festival o‘tkaziladigan O‘rdaoldi maydonining yon-atrofida hunarmandchilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar uyushtirilibgina qolmay, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy hunarmandchilik dastgohlari hamda mahsulotlarini yaratish jarayonlari, sohaga oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi ham tashkil etiladi. Milliy liboslarda ko‘rgazmali chiqishlar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari bayram shukuhini yanada oshiradi.

Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib etishdan iborat.

Festival Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan tashkil etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda ushbu xalqaro festival xalqimizning qadimiy tarixi va madaniy hayotini har tomonlama keng yoritish, nomoddiy-madaniy merosimiz bo‘lgan ko‘p qirrali o‘zbek milliy hunarmandchiligini keng namoyish qilish, uning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda o‘zining tajribasi orqali turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik ishlarini yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni xalqaro miqyosda kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklashda katta ahamitga ega.

 

Oldingi «YANGI YIL SOVG’ALARI» Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdo yarmarkasida ishtirok eting!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.