San’at bilan hamnafas bo‘ling: Sharif Raupovning noyob zargarlik durdonalari ko‘rgazmasi!
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi barcha go‘zallik va madaniy meros ixlosmandlarini mashhur zargar Sharif Raupov ko‘rgazmasiga taklif etadi.
Uning asarlari shunchaki bezak emas, balki o‘zbek an’analarining teranligi va o‘ziga xosligidan hikoya qiluvchi timsoldir. Nafis naqshlar bilan uyg‘unlashgan milliylik nafasi, nozik qo‘l mehnati va eksklyuziv mualliflik kompozisiyalari zargarlik san’atining yangicha qirralarini ochadi, bu yerda har bir element ramziylik va ustaning teran qalbi bilan yo‘g‘irilgan.
Ko‘rgazma ochilishi:
13 dekabr soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
(Manzil: Buyuk Turon ko‘chasi, 2-uy)
Ko‘rgazma davomiyligi:
2024 yil 13 dekabrdan 2025 yil 13 yanvargacha
Asriy an’analar ruhini va san’atga zamonaviy qarashni saqlab qolgan noyob asarlarni ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuring va Sharif Raupovning zargarlik mahorati sehrini kashf eting!