Xorazm viloyati "Hunarmand" uyushmasi boshqarmasi tuman-shahar bo'limlari rahbarlarining telefon raqamlari:
Urganch tumani bo'limi +998 94 649 42 46 Gurlan tumani bo'limi +998 97 517 77 20 Qo'shko'pir tumani bo'limi +998 99 379 92 12 Xiva tumani bo'limi +998 97 517 55 03 Xiva shahar bo'limi +998 97 527 92 00 Yangiariq tumani bo'limi 88 570 05 06 Xonqa tuman bo'limi 88 601 40 44 Xazorasp tuman bo'lim 97 512 70 60
Хorazm viloyati —
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925-yil fevraldan 1938-yil yanvargacha Xorazm okrugi, 1938-yil 15-yanvarda viloyat maqomiga oʻtkazilgan. Viloyat shimoldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubdan Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati, sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Shaharlari — Urganch , Xiva va Pitnak. Umumiy maydoni — 6,05 ming kvadrat kilometr. Maʼmuriy markazi — Urganch shahri.
HUNARMANDCHILIGI
Bugungi kunda Xorazmda hunarmandchilikning turli xil yo‘nalishlari rivojlangan.
Shulardan, quroqchilik, yog‘ochdan xalq hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik yo‘nalishlaridir.
Bugungi kunda yog‘ochdan xalq hunarmandchilik buyumlari tayyorlash (Xorrot) yo‘nalishi viloyatning Qo‘shko‘pir tumani, shixmashxad qishlog‘ida rivojlangan. U yerlik aholining deyarli 50 foizi shu hunar turi bilan shug‘ullanishadi.
Quroqchilik- viloyatning deyarli barcha tumanlarida rivojlangan. turna, archa, asal ari uyasi, quduq, kvadratka kuroqchilik turlari tikiladi.
Yogoch o’ymakorligi – XIX asr boshlarida Xiva xonligida juda rivojlangan. X-asrda qurilgan Juma masjidida hozirgacha saqlanib qolgan yog’och ustunlar har bir kurgan kishini hayratga soladi. Mashxur yog’och o’ymakor ustalardan – Abdulla Jin, Mashirif naqqosh, Matkarim naqqosh, Momit urachi, Bolta urachi, Ota Polvonov, Sapo Bogibekov, Bogibek Abduraximovlar o’yma darvoza, eshiklar, ustunlar yasaganlar.
Bugungi kunda Odomboy Masharipov, Bogbekov Xayitmat, Bog‘bekov Oybek, Shavkat Jumaniyazovlar ushbu hunar turini dunyoga tanitib kelmoqdalar.
Kulolchilikda – loydan piyola, lagan, tovoq, ko’za, tandir, kosa, xum va qurilish materiallari tayyorlanadi. Kulollardan- Raximberdi Matchanov (Madir), Bolta Matrizayev, Bolta Vaisov, Zarip kulol Latipov, Davron Sadullayev, Amin Matrizayev, Sultonboy Otajonov, Rustam Toirovlar o’z kasbining mohir bilimdonlari sifatida abadiylikka daxldor ishlarni qilishgan.
Bugungi kunda Xonka Madir, Yangiariq kattabog‘, Xiva kulolchilik maktablari mavjud bo‘lib ularda taniqli avlod ustalaridan Odilbek Matchanov, Otajonov Bahodir, Rahimov Odilbek, Sa’dullayeva Iroda, Otojonova Dilnoza, Sadullayev Temurbek, Otajonov Yashinbeklar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Sozgarlik – XIX- «Xudaybergan Muxrkon» tomonidan musiqa asboblari yaratilgan. Hozirda Yusuf Matyakubov, Ozod Xujaniyozov, Kodir Salayevlar sozgarlik bilan shug’ullanganlar.
Marmar o’ymakorligi – XVI- asrdan boshlab rivojlangan. Xudayberganov Muxrkon, Sobirjon Xudayberganov, Komil Devoniy, Karimbergan Raxmon o’g’li va boshqalar marmarlarga yozuvlar yozishgan, naqshlar o’yishgan.
Pichoqchilik – qadimdan rivojlangan. Otajon pichoqchi Madraximov, Madrim Otajonov, Bakdurdi Jumaniyazovlar xonlik davrida ham ushbu kasbni ulug’laganlar.
Ganch o’ymakorligi – X – asrdan to hozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda. Mashxur ganchkorlardan – Xudaybergan Palvonov, Vadto va Bolta Mirzayevlar, Abdulla Boltayev, Nurmat usta, Bekjon Yakubovlar bo’lgan.
Zargarlik – juda qadimdan rivojlangan. Qadimdagi zargarlardan – Matyakub zargar, Soloy zargar, Madrim Otajanov, Abdulla Soatsoz va boshqalarni hozirgacha barcha eslab yuradi. Hozirgi zargarlardan – Allaberganov Jamol, Kampiyev Rabadan, Alixanov Ibragim, Alixanov Gadjirabadan hamda Ganja Botir zargarlarni o’g’illari ham bu kasbda ishlab kelmoqdalar.
Gilamchilik –Xorazmda juda qadimdan rivojlanib kelgan va hozirda ham bu kasblar bilan juda ko’pchilik hunarmandlar shug’ullanib kelmoqdalar. Xivalik Matkarimov Madrim Sa’dullayevich 2004 yilda mustaqil izlanishlari asosida Xiva “Ichon–Qal’a” tarixiy–memoriy davlat qo‘riqxonasi ko‘rgazma va zaxirasidagi ekspanatlarni ko‘zdan kechirib, shular asosida tabiiy ipakdan gilam va so‘zana to‘qishni “Yokubboy xo’ja” madrasasida oilasi bilan birgalikda yo‘lga qo‘ydi. Usta gilam va so’zanalar uchun dizaynlar chizishda asosan Xiva shahridagi me’moriy obidalarda ishlangan milliy naqshlardan, bekzod asarlariga mansub XlV-XV asr miniatyuralaridan foydalanadi. Tabiiy bo’yoqlar olishda Afg’onistondan keltirilgan ruyon ildizi, Xindistondan keltirilgan Indigo, tabiiy minerallar, Respublikamizda o’sadigan yong’oq, piyoz, anor po’sti va har xil yaproqlardan foydalanadi.