Xakimov Umid Akobirovich

Samarqand viloyati 

Samarqand viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil qilingan. Maydoni 16.8 ming kv metr. Samarqand viloyati aholisi 1-oktyabr holatiga 4 mln 137 ming 900 nafarni tashkil etmoqda. Samarqand viloyatida 2 ta shahar 16 ta tuman joylashgan. Viloyatda bugungi kunda 5 ta markaz mavjud. Unda jami 60 dan ortiq hunarmandlar faoliyat olib bormoqdalar.

HUNARMANDCHILIGI

1. Kashtachilik – Urgut tumanida rivojlangan, butun dunyoga tanilgan urgut kashtalari 1850-yilda hunarmand Iqbol tomonidan tayyorlana boshlagan. Hozirgi kunda ushbu hunarni sulola sifatida usta-hunarmand Iqbolning 5-avlodi Hamdamova Mavluda davom ettirib kelmoqda. Ushbu hunarmand tomonidan tayyorlangan kashtalar hozirgi kunga qadar mashhur hisoblanadi.
2. Kulolchilik – Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan usta hunarmand Ismatilloyev Xolmaxmat hozirgi kunda kulolchilik yo‘nalishida 10 avlod usta-hunarmand hisoblanadi. Ushbu hunarmand “O‘zbekiston xalq ustasi”. Usta tomonidan yaratilgan ishlar noyob hisoblanadi.
3. Qo‘g‘irchoqchilik – Samarqand viloyatida rivojlangan hunarmandchilik yo‘nalishlaridan yana biri bu qo‘g‘irchoqchilik yo‘nalishi bo’lib, 1998 yildan buyon davom etib kelmoqda. Usta Sayfiddinova Roziya ushbu hunarni “Milliy qo‘g‘irchoqchilik maktabi”da shogirdlarga o‘rgatib kelmoqda.
4. Misgarlik (kandakorlik) – Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan misgar hunarmandlar juda ko‘p. Ushbu hunarni o‘rganib hozirda 3-avlod sifatida faoliyat olib borayotgan misgar Saidov Nutfullo, Saidov Abdullolarni misol qilishimiz mumkin.
5. Zardo‘zlik buyumlari tayyorlash – Hozirgi kunda aholimizni barcha qismi foydalanadigan zardo‘zlik buyumlarini tayyorlash Samarqandda ham rivojlangan. Misol tariqasida Samarqand tumani «Ko‘l» MFYda faoliyat olib borayotgan Zoxidov Shavkatlar oilasi shu sohaga ihtisoslashtirilgan. Zardo‘zlik bilar Samarqand shahrida Xamitova Gulchehra va Inoyatova Hamidalar faoliyat olib bormoqda.
6. Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash – ushbu hunarmandchilik yo‘nalishida ko‘plab usta-hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Samarqandda hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan beshik tayyorlash, turli yog‘ochdan tayyorlangan eshiklar, deraza romlarini yasash rivojlangan.
7. Yog‘och o‘ymakorligi – Samarqand shahrida rivojlangan, yog‘och o‘ymakorligi san’atini uzoq yillardan beri davom etirib kelayotgan “O‘zbekiston Xalq ustasi” unvoni bilan taqdirlangan usta-hunarmand Asadov Mirdjamol Usmonovichni usta hunarmand sifatida yaxshi tanishadi. Hozirgi kunda ushbu hunarni yosh avlodga o’rgatib kelmoqda.
8. Mayolika va mazaika – ushbu hunarni Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan hunarmand Xalimov Ikrom davom ettirib kelmoqda.
9. Miniatyura yo‘nalishi ham yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, bu faoliyat turi bilan ko‘pchilik hunarmandlarimiz shug‘ullanmoqda. Bunga yaqol misol qilib Nurillayev Mansur, Sharipov Avaz, Usmonov Tolib, Toirov Bobur, Shodiyev Akobirlarni keltirib o‘tish o‘rinlidir.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.