Valiyev Zoxid Zokirjanovich

Namangan viloyati —

1941-yil 11-martda tashkil etilgan (1960-yil 25-yanvarda Andijon va Farg‘ona viloyatlari tarkibiga qo‘shib yuborilgan. 1967-yil 18-dekabrda qayta tashkil etildi. Namangan viloyati respublikaning sharqida, Farg‘ona vodiysining shimoli-g‘arbiy qismida, Tyanshan tog‘ tizmasi tarmoqlari — Qurama va Chatqol tog‘larining yon bag‘rida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, janubi-sharqdan Andijon, janubidan Farg‘ona, shimoliy va shimoli-g‘arbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sug‘d viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 3.06 mln kishi

HUNARMANDCHILIGI

Namangan viloyatida hunarmandchilikning quyidagi turlari rivojlangan:

1. Pichoqchilik. Chust shahri – hunarmandchilik markazi Namangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan va o‘zining noyob pichoqlari, shuningdek an’anaviy bosh kiyimi – do‘ppilari bilan mashhur. Shahar ustalari tomonidan yasalgan pichoqlar haqli ravishda mamlakatda eng yaxshi degan nomga loyiqdir.Uzbek “knifeChust” O‘rta Osiyoning eng qadimgi metallga ishlov beruvchi shaharlaridan biridir. Shaharning qoq markazida so‘zangarlar – Chustning qalbi hisoblangan pichoq yasovchi temirchilar mavzesi bor. Kichkina temirchilik ustaxonalarida azaliy so‘zangarlar qo‘lda o‘zbek pichoqlarini yasaydilar. Pichoqning har biri o‘z maqsadiga ega. Chust pichoqlari nihoyatda o‘tkir va chiroylidir. Ularning tig‘i uzoq vaqt davomida egasiga xizmat qiladi va o‘tkirligicha qoladi. Shuningdek, shahar o‘zining do‘ppilari bilan ham mashhur. Ular do‘ppining har qanday boshqa turlari bilan uyg‘un tushadi. Bu do‘ppilar noyob naqsh va bezaklarga ega.

2. Kashtachilik – Namanagan shahrida kashtachilik yo’nalishi keng rivojlangan. Tadjibayev Xakimjon Isakjanovich, Sadritdinov Latif Paxritdinovichlar kup yillardan beri kashtachilik yo’nalishida faoliyatlarini davom yettirib kelmoqdalar. Hozirgi kunga kelib ularning farzandlari va nabiralari ham sulolani davom yettirib kelishmoqda va shu yo’nalishda faoliyat olib bormoqdalar.

3. Yog‘ochdan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash – Namangan shahrida keng rivojlangan. Yog‘och o’ymakorlik ham keng rivojlangan shu yo’nalishda ko’plab hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Yakka Sada mahallasida yirik yog‘och o’ymakorlik markazida ko’plab hunarmandlar o‘z hunarlari bo‘yicha faoliyat yuritib kelishmoqda.

5 Milliy bosh kiyimlar tayyorlash – Chust shahri va Koson tumani an’anaviy bosh kiyimi – do‘ppilari bilan mashhur. Chust shahrida Koson tumanida rivojlangan. Voxidova Nilufar Umarovna milliy bosh kiyim tayyorlash yo’ nalishida yirik ustalardan hisoblanadi. Do‘ppichilik Chust shahrida “Chust duppilari” nomini olgan, xalqimiz taniydigan brendlardan biri hissoblanadi.

6. Metalldan buyumlar yasash – Uychi tumani hunarmandchilik yo’nalishi keng rivojlangan va 230 xildan ortiq darvozalar 70 xildan ziyod eshik panjaralari mavjud. Uychi shaharchasida turli xil metallga ishlov beruvchi usta hunarmandlar shu sohani rivojlantirib kelishmoqda. Metalldan buyumlar yasash yo’nalishi hunarmandchilik yo’nalishida Uychi tumanining drayver sohalaridan biri hisoblanadi.

7 Miniatyura, rangtasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash – Chortoq tumanining hunarmandchilik yo’nalishida keng jadal rivojlangan hudud xissoblanadi. Nizamova Xonoyim Nozimjon qizi hunarmand shu yo’nalishda faoliyat yuritib kelayotgan hunarmand hisoblanadi.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.