Bo'limning asosiy maqsadi - Uyushma faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash, shuningdek hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar reyestrini yuritish va ularni tahlil qilish; Tegishli davlat organlariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi yuzasidan Uyushmaning choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarini umumlashtirish va tahlil qilish;