Raxmatov Muzaffar Yuldashevich
Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i
Sirdaryo viloyati "Hunarmand" uyushmasi boshqarmasi tuman-shahar bo'limlari rahbarlarining telefon raqamlari:
Yangiyer shahar bo'limi +998 97 224 27 77 Sirdaryo tumani bo'limi + 998 95 952 64 14 Mirzaobod tumani bo'limi + 998 93 320 99 88
Sirdaryo viloyati —
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4.28 ming km. Aholisi 925 mingga yaqin kishi (2024). Tarkibida 8 tuman (Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Guliston shahri.
HUNARMANDCHILIGI
1. Sirdaryoda bugungi kunda “Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash” yo‘nalishi tikuvchilik biznesi ham rivojlanmoqda. Albatta, bu ajablanarli emas! Chunki to‘g‘ri tanlangan uskunaga ega tikuvchilik biznesi ijod va dizaynerlik g‘oyalarini mislsiz tarzda amalga oshirishga yordam beradi! Ushbu faoliyat turi ko‘p qirralarga ega, undagi har qaysi yo‘nalish yaxshi daromad manbaiga aylanishi mumkin. Masalan, eksklyuziv va dizaynerlik kiyimlarini, yostiq, ko‘rpa, choyshab va dasturxon tikish, shuningdek, yumshoq o‘yinchoq va uncha katta bo‘lmagan gazlamadan ishlangan sovg‘alarni tayyorlash mumkin. Misol tariqasida Sirdaryo tumanidan Tadjiyeva Ozoda, Sharipova Soadat, Guliston shahridan Axmedova Ma’mura va viloyatimizni deyarli hamma MFYning ko‘chalari shu sohaga ihtisoslashtirilgan.
2. Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash – ushbu hunarmandchilik yo‘nalishida ko‘plab usta-hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Sirdaryoda hozirgi kunda hunarmandchilikning beshik tayyorlash, yog‘och idishlar, turli yog‘ochdan tayyorlangan eshiklar va boshqa turlari rivojlangan.
3. O‘zbekistonda metall eshiklar, darvozalar va deraza panjaralariga bo‘lgan yuqori talab qadimdan mavjud. Kundalik hayotda biz ularni temir eshik, darvoza va panjara deb ataymiz. Avvallari bu kabi mahsulotlarga biroz hadik bilan qaralgan bo‘lsa, bugunga kelib ular bizning ishonchimizni to‘liq qozondilar va ularni biz bir qator omillardan kelib chiqib tanlaymiz. Endilikda temir eshig-u panjaralar nafaqat uylar, dala xovlilarga, balki idoralarga, ishlab chiqarish binolariga va savdo tarmoqlariga o‘rnatilmoqda. Ayonki, po‘lat eshik va deraza panjaralari o‘rnatar ekanlar, odamlar avvalo xavfsizlik to‘g‘risida qayg‘uradilar. Uy biz uchun misoli qal’a bo‘lishi lozim. Uyimizda biz na yaqinlarimiz, na o‘zimizning hayotimiz uchun xavotirlanmasligimiz kerak. Idora va do‘konlarda esa mulkimiz bus-butun saqlanishi to‘g‘risida qayg‘uramiz. Mulkimiz ham himoyalangan bo‘lishini istaymiz. Nima bo‘lganda ham, faqat temir eshik va dereza panjaralarigina bunday ishonchli himoyani ta’minlashi mumkin. Aynan shuning uchun aholi o‘rtasida ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Shu sababli viloyatimizda metaldan yasalgan buyumlar yo‘nalishi rivojlanib kelmoqda.