Quvondiqov Bektosh Egamovich

Jizzax viloyati —

Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, 1973 yilda tashkil etilgan. U mamlakatning strategik ahamiyatga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Jizzax qadimgi Ipak yo‘lida muhim nuqta bo‘lgan. Uning nomi «Jiz» (yozuv yoki chizmalar) va «zax» (qo‘rg‘on) so‘zlaridan kelib chiqqan, ya’ni «qo‘rg‘on yaqinidagi joy» ma’nosini beradi. Bu yerda qadimiy madaniyat va tarixiy obidalar ko‘p uchraydi. Shimolda Nurota tog‘lari, janubda Zomin tog‘lari bilan o‘rab olingan. Jizzax viloyati ko‘hna Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uning hududi qadimdan savdo, madaniyat va hunarmandchilik markazi bo‘lgan.

HUNARMANDCHILIGI

Jizzax viloyatida hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari rivojlangan bo’lib, Zomin, Baxmal va Gʻallaorol tumanlarida gilamchilik, chopon tikish va kashtachilik, Do‘stlik, Paxtakor va Mirzacho‘l tumanlari quroqchilik usulida tikish, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlarida esa temirchilik va mebelchilik rivojlangan.

“Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda ko‘rgazma va festivallar o‘tkazilmoqda.
Jizzax viloyatining hunarmandchiligi nafaqat milliy madaniyatni saqlab qolishga, balki mahalliy aholiga ish o‘rinlari yaratishga ham hissa qo‘shmoqda.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish