Respublika «Hunarmand» uyushmasi Apparatida hamda hududiy tuzilmalarda kadrlar hisobini yuritadi, Respublika «Hunarmand» uyushmasi Apparati hamda hududiy tuzilmalar rahbar va xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning turli shakllari bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, Respublika «Hunarmand» uyushmasi nomenklaturasidagi xodimlarning, uning hududiy boshqarma boshliqlarining xizmat guvohnomalarini rasmiylashtiradi va ularning hisobini yuritadi.