Jurayeva Muxayyo Abdigabbarovna
Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i
Surxondaryo viloyati "Hunarmand" uyushmasi boshqarmasi tuman-shahar bo'limlari rahbarlarining telefon raqamlari:
Sho'rchi tumani bo'limi +998 91 976 27 56 Denov tumani bo'limi +998 90 072 46 98 Oltinsoy tumani bo'limi +998 90 569 42 71 Qumqo'rg'on tumani bo'limi +998 91 238 79 56 Jarqo'rg'on tumani bo'limi +998 94 206 66 99 Angor tumani bo'limi +998 99 717 90 74 Qizariq tumani bo'limi +998 93 769 85 05 Boysun tumani bo'limi +998 99 421 21 67
Surxondaryo viloyati —
Surxondaryo viloyati 1941-yil 6-martda tashkil qilingan. Maydoni 20.1 ming km. Surxondaryo viloyati aholisi 1-oktyabr holatiga 29007 ming nafarni tashkil etmoqda. Surxondaryo viloyatida 1 ta shahar 14 ta tuman joylashgan.
HUNARMANDCHILIGI
1. Do‘ppichilik – Boysun tumanida rivojlangan bo‘lib, butun dunyoga tanilgan Boysun do‘ppilarining 5 xil turlari mavjud. Jumladan lolagul, chixolcha, to‘ldirma, iroqi, munchoqli do‘ppilar. Hozirgi kunda chet eldan kelgan sayyohlar va mahalliy aholini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Hunarmand Raximberdiyeva Xadicha tomonidan ishlab chiqarilgan do‘ppilar turli mamlakatlarda sotilmoqda. Hozirgi kunda ushbu hunarni 5-sulola sifatida davom ettirib kelayotgan usta-hunarmand hisoblanadi.
2. Kulolchilik– Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan usta hunarmand Jo‘rayev Xayrullo Narzullo o‘g‘li hozirgi kunda kulolchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan 6-avlod usta-hunarmand hisoblanadi. Ushbu hunarmand “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Usta tomonidan yaratilgan ishlar noyob hisoblanadi.
3. Qo‘g‘irchoqchilik – Surxondaryo viloyatida rivojlangan hunarmandchilik yo‘nalishlaridan yana biri bu qo‘g‘irchoqchilik yo‘nalishi bo‘lib, usta hunarmand Raxmonova Gulmira 2018-yildan buyon “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Qo‘g‘irchoqlar” yo‘nalishida usta shogird an’anasi asosida ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Hozirgi kunda Raxmonova Gulmira “Gulijon “ brendiga asos solib shu brend ostida Respublika bo‘ylab o‘zining qo‘g‘irchoqlarini sotuvini yo‘lga qo‘ygan.
4. Qo‘lda gilam to‘qish– Surxondaryo viloyati Termiz shahar, Oltinsoy, Boysun, Sherobod tumanlarida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar juda ko‘p. Hozirgi kunda gilamchilikni 10 dan ortiq turlari mavjud, Qoqma gilam, taqir gilam, g‘ajir gilamlari Boysun tumanida ko‘proq to‘qiladi. Ushbu hunarni o‘rganib hozirda 6-avlod sifatida faoliyat olib borayotgan Azizova Maftuna uzunligi 25 metr eni 5,5 metr bo‘lgan tuya gilamni to‘qib ko‘p xalqaro festivallarda g‘olibi bo‘ldi.
5. Milliy liboslar tayyorlash – hozirgi kunda Qumqurg‘on tumanida rivojlangan bo‘lib usta hunarmand Begimqulova Yulduz Qumqo‘rg‘on baraka hunarmandchilik markazida o‘zining Milliy liboslarini ishlab chiqarib, ko‘plab ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab kelmoqda.
6. Surxondaryo viloyati Angor tumanida rivojlangan yana bir yo‘nalish bu to‘n tayyorlash hunaridir. Ushbu hunarni mahorat bilan olib borayotgan Angor tumani usta-hunarmandlari Doniyorova Sarvara, Doniyorova Diloromlar hisoblanadi.
7. Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash – ushbu hunarmandchilik yo‘nalishida ko‘plab usta-hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Surxondaryo viloyatida hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan beshik tayyorlash, yog‘och idishlar, turli yog‘ochdan tayyorlangan eshiklar va boshqa turlari rivojlangan.