Asamov Shaxobiddin Fazliddinovich

Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 ni tashkil etadi. 2024-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 3 075 000 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 9 foizi) tashkil etadi[2]. 2024-yilning birinchi kvartal maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $25 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda[5][6].

Boshqarmaning asosiy maqsadlari: O‘zbekiston xalqlarining boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish va ko‘paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlashdan iborat.

Boshqarma vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror, farmoyishlarida hunarmandlarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish.
  • Hunarmandlar faoliyatiga doir islohotlarni respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari, shuningdek Uyushma sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida yoritilishini ta’minlash;
  • Toshkent shahri hududida xalq hunarmandchiligi an’analari asosida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarni Boshqarma tarkibiga birlashtirish;
  • hunarmandlarni davlat ro’yxatiga olishda ko‘maklashish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning yagona reestrini yuritish;
  • hunarmandchilik mahsulotlarini keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, ko‘rgazma-yarmarkalarni tashkil etish;
  • aholini hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish;
  • “Usto-shogird” maktablarini tashkil etish va boshqalardan iborat.

 Boshqarmaga kimlar a’zo bo‘lishi mumkin:

Boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha hunarmandchilik mahsulotlari yaratayotgan, uyushma Badiiy kengashi qarori bilan aniqlangan hunarmandchilik yo‘nalishi ko‘rsatilgan, ustavni tan olgan, a’zolikka qabul qilishdagi va a’zolik vaqtidagi badallarni to‘lashga rozi bo‘lgan, uyushma faoliyatida faol qatnashish istagini bildirgan, a’zolikka qabul qilish vaqtida qonun hujjatlariga muvofiq mehnat qilish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari a’zo bo‘lishi mumkin.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.