Arabboyev O‘tkirbek O‘ktamjon o‘g‘li

Andijon viloyati

1941 yil 6 martda tashkil qilingan. Maydoni 4.27 ming kv metr. Andijon viloyati aholisi 1 oktyabr holatiga 3 mln 445 ming 568 nafarni tashkil etmoqda. Andijon viloyatida 2 ta shahar 14 ta tuman joylashgan.

HUNARMANDCHILIGI

1. Pichoqchilik – Shahrixon tumanida rivojlangan, butun dunyoga tanilgan Shahrixon pichoqlari 1800 yilda hunarmand Islomxo‘ja tomonidan tayyorlana boshlagan. Hozirgi kunda ushbu hunarni sulola sifatida davom ettirib kelayotgan usta-hunarmand Islomxo‘janing 7-avlodi Alixo‘jayev Raxmatxo‘ja hisoblanadi. Ushbu usta tomonidan tayyorlangan pichoqlar hozirgi kunga qadar mashhur.
2. Kulolchilik – Oltinko‘l tumanida faoliyat olib borayotgan usta hunarmand Avduvaxobov Mirzabaxrom hozirgi kunda kulolchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan 14-avlod usta-hunarmand. Usta tomonidan yaratilgan ishlar noyob hisoblanadi.
3. Qo‘g‘irchoqchilik – Andijon viloyatida rivojlangan hunarmandchilik yo‘nalishlaridan yana biri bu qo‘g‘irchoqchilik yo‘nalishi 2000 yildan buyon davom etib kelmoqda. Usta Yusupova Manzuraxon ushbu hunarni “Milliy qo‘g‘irchoqchilik maktabi”da shogirdlariga o‘rgatib kelgan. Hozirgi kunda ushbu hunarmandning shogirdlari usta darajasiga yetgan va tayyorlagan milliy qo‘g‘irchoqlarga bo‘lgan talab respublika bo‘yicha juda yuqori hisoblanadi.
4. Do‘ppichilik – Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan do‘ppido‘z hunarmandlar juda ko‘p. Ushbu hunarni o‘rganib hozirda 7-avlod sifatida faoliyat olib borayotgan do‘ppido‘z Abdullayev Rejabboy, To‘ychiyeva Yorqinoy, Qayumova Odinaxonlarni misol qilishimiz mumkin.
5. Ko‘rpa-to‘shak tayyorlash – Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisini barcha qismi foydalanadigan ko‘rpa-to‘shaklarni tayyorlash Andijonda ham rivojlangan. Misol tariqasida Andijon tumani Zavroq MFY ko‘plab ko‘chalari shu sohaga ihtisoslashtirilgan.
6. Andijon viloyatida rivojlangan yana bir yo‘nalish bu to‘n tayyorlash hunaridir. Ushbu hunarni mahorat bilan olib borayotgan Shahrixon usta-hunarmandlari Mamajanova Xafizaxon, Boqiyeva Sayyoraxon hisoblanadi.
7. Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash – ushbu hunarmandchilik yo‘nalishida ko‘plab usta-hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Andijonda hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan beshik tayyorlash, yog‘och idishlar, turli yog‘ochdan tayyorlangan eshiklar va boshqa turlari rivojlangan.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.