Aminov Rashid Xatamovich

Fargʻona viloyati –

Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan NamanganAndijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 2024-yil 1-Oktyabr holatiga 4 0123 000 kishi. Tarkibida 15 ta tuman, 4 ta shahar (MargʻilonFargʻonaQuvasoyQoʻqon), 25 dan ortiq shaharcha, 164 ta qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Fargʻona shahri.

HUNARMANDCHILIGI

Farg‘ona viloyatida asosan Marg‘ilon va Qo‘qon shahri hamda Rishton tumani xalq hunarmandchilik sohasi rivojlangan hududlar hisoblanadi.
MARGʻILON- Marg‘ilon shahri azal-azaldan ipakchilar, hunarmandlar yurti deb ta’riflanadi. Shahar mamlakatimizning qadimgi tarixi, xalqimizning o‘ziga xos va takrorlanmas madaniyati, urf-odatlari va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi maskandir. Bu yerda qadimiy hunarmandchilik maktablari, ayniqsa, ipakchilik maktabi saqlanib kelmoqda. Bugungi kunda Marg‘ilon shahrida mingdan ortiq xonadon hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. Xorij mamlakatlarida qo‘l mehnatida tayyorlangan mahsulot juda qadrlanadi va qimmat narxlarda baholanadi. Asl ipakka tabiiy bo‘yoqlardan gul chizib mato to‘qiladi.
Mazkur yo‘nalishlarda bugungi kunda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan va shajara davomchilaridan Rasuljon Mirzaaxmedov, Nurmuxammad Valiyev, Nabijon Toshtemirov, Ibroxim Sultonov, Fazliddin Dadajonov, Ilxom Davletov, Alisher Axmadjonovlarni tilga olish mumkin.
Bundan tashkari Marg‘ilon shahrida hunarmandchilikning noyob va o‘ta mukammal turi hisoblangan misgar-kandakorlik yo‘nalishi ham muhim o‘rin tutadi. Bu hunar turini avloddan-avlodga saqlab davom ettirayotgan usta-hunarmandlar Abdulxamid Madaliyev, Zokirjon Gʻofurov, A’zamjon Dadajonovlarni tilga olish mumkin.O‘zbek millatining ramzi hisoblangan milliy “Do‘ppido‘zlik” yo‘nalishida Xidoyatxon Umarova ko‘p yillardan buyon shu sohada qadimiy va bugungi kunda zamonaviy uslublarda ijod qilmoqda.

Rishton – Buyuk Ipak yo‘lida tashkil topgan, Farg‘ona vodiysining eng qadimiy shaharlaridan biri. Qadim zamonlardan Markaziy Osiyodagi eng yirik ajoyib sirlangan sopol buyumlar markazi hisoblanadi. Shahar nomi joylashuv joyiga ko‘ra, kulol tuprog‘i qizil gil – qizil rangga ega bo‘lib, qadimiy so‘g‘d “Rash” (“Rush”, “Rushi”) – “qizil yer” so‘zidan paydo bo‘lgan.
O‘rta asrlarda bir tomondan Xitoy va Hindiston, boshqa tomondan Eron va Yaqin Sharq karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan Rishton tez sur’atlarda rivojlanib, Buyuk Ipak yo‘lidagi asosiy to‘xtash joyi hamda savdo-sotiqning asosiy markaziga aylangan. Keyinchalik bu yerda jome masjidi qurilgan. Shaharda kulolchilik: Daxbed, Chinnigaron, Kuzagaron, Kulolon mahallalari joylashgan.
So‘ngi yetti, sakkiz yil ichida Rishton tumani qiyofasi tubdan o‘zgardi, bugungi kunda Rishton o‘z Brendiga ega. Ya’ni Davlatimiz tomonidan hunarmandchilikka berilayotgan katta e’tibor tufayli bugungi kunda hunarmandchilikning kulolchilik yo‘nalishi tez suratda rivojlanib, dunyo bozorlarini zabt etmoqda va shu bilan birga viloyatning ushbu tumaniga xorijlik sayyohlar oqimini sezilarli tarzda ko‘paytirmoqda. Bugungi kunda qadimiy hunar turini rivojlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan usta-kulollar O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademigi, usta-kulol Sharofiddin Yusupov, mashhur usta Alisher Nazirov, Rustam Usmonov, Yo‘ldashali Polvonov, Toxir Xaydarov, Baxtiyor Nazirov, Ravshan Tojiddinov va shu bilan birga ustalar o‘gitini olib bugungi kunda ushbu hunar turini davom ettirib kelayotgan yoshlar Shokir Axmadjonov, Bunyodjon Yunusovlarni misol keltirish mumkin.

QO‘QON- tilga olinganda juda qadimiy va tarixiy shahar ko‘z o‘ngimizga keladi. Lekin, o‘zbek milliy xalq amaliy san’ati hunarmandchilik sohasi ham alohida o‘rin tutadi. Qo‘qonda ayniqsa hunarmandchilikning noyob va murakkab turi hisoblangan “Yog‘och o‘ymakorligi” san’at darajasiga chiqqanligi sir emas. Qo‘qonda bu yo‘nalishda alohida usta-maktablar faoliyat ko‘rsatadi va qiziqqan yoshlarni o‘ziga tortadi. Bu maktabga birinchilardan asos solgan, o‘tgan asrda O‘zbek hunarmandchiligiga o‘zini munosib xissasini qo‘shgan, O‘zbekiston Xalq ustasi, mashhur yog‘och o‘ymakor ustasi Qodirjon Xaydarov hisoblanadi. Bugungi kunda uning nabirasi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining faxriy a’zosi usta-hunarmand Mirzayunus Umarov o‘z farzandlari bilan davom ettirmoqda. Joriy yilning oktyabr oyida Mirzayunus Umarovning 70-yillik yubileyi tantanali tarzda nishonlandi.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.