Koʻrgazma_savdo
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hunarmandlar!
«YANGI YIL SOVG’ALARI» Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdo yarmarkasida ishtirok eting!
2024-yilning 14-15-dekabr kunlari Toshkent shahrining «NEXT» savdo majmuasida «O’zbekiston sovg’alari» hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma-savdo yarmarkasi O’zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi, O’zbekiston savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan hunarmandchilikning 20 ga yaqin yo‘nalishlari jumladan, kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi maktablariga xos betakror mahsulotlarni hamda o‘z yaqinlaringiz uchun hunarmandlarimiz qo‘li bilan yasalgan, yurtimizning betakror go‘zalligi aks ettirilgan suviner sovg‘alarini xarid qilishingiz mumkin.
Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma savdo yarmarkasini o‘tkazib yubormang!
Batafsil ma’lumot uchun:
+99871 279-80-88
Assalomu alekum kovrgazmaga qatnashish uchun nima qlish kerak
Vaalaykum assalom batafsil ma’lumot uchun +99871 279-80-88 raqam bilan bog’laning