“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ milliy brend egalari va xalqaro brend hamkorlarini qo‘llab-quvvatlaydi
Investisiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2025 yil 24 fevraldagi 13-son bayonining 10-bandida Savdo-sanoat palatasi, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi, mahalliy hokimliklar va mahalliy sanoat uyushmalari “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari va tartibi belgilandi.
Ushbu bayonning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 4-bobida Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan moliyaviy yordam yo‘nalishlari va predmetlari belgilangan. (1-ilova)
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-noyabrdagi 748-sonli “Sanoat sohasida milliy brend egalari hamda nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan milliy brend egalarini va nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llabquvvatlash tartibida moliyaviy yordam yo‘nalishlari va predmeti belgilangan. (2ilova)
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ni hunarmandlar uchun Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan moliyaviy yordamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 1 va 2 –ilovaga muvofiq taqdim etadi.
“Hunarmand” uyushmasi ushbu moliyaviy yordamlardan foydalanishngiza https://subsidiya.epauzb.uz/ sayti orqali elektron ravishda ariza qoldirish va imtiyozlardan foydalanishingiz mumkinligini ma’lum qiladi.
