Xalqaro-hunarmandchilik festivali

Date
10 Sentabr 2025 - 13 Oktabr 2025
Time
10:00 - 17:00
Location
Qo'qon

Qo‘qon shahrida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalida 70 dan ortiq mamlakatdan ustazoda hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari, mutaxassislar, faxriy mehmonlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etishdi. Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan festivalda yurtimizning barcha hududlaridan mingga yaqin hunarmandlar qatnashib, mahsulotlarini namoyish etdi.

Festival doirasida ishtirokchilarning tantanali yurishlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, “An’anaviy badiiy hunarmandchilikni saqlash va rivojlantirish sohasida jahon amaliyoti” mavzusida ilmiy konferensiya, xalqaro va o‘zbekistonlik hunarmand-dizaynerlar ishtirokidagi modalar namoyishi, xalq sayillari, “O‘zbekiston hunarmandchiligi” kitob-albomi taqdimoti o‘tkazildi.

Xalqaro hunarmandchilik festivali

Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida mahalliy va xorijiy hunarmandlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari maxsus diplom va 2 ming dollardan 7 ming dollargacha miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Hunarmandlar saralash hakamlari

Oldingi Xalqaro-atlas-bayrami-2026

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.