2025-yil 21-iyun, soat 17:00da Toshkent shahridagi Respublika “Hunarmand” uyushmasida katta tadbir bo‘lib o‘tadi!
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-16-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olinadi:
“Startap loyihalar va inkubatsiya markazi”ning ochilish marosimi — Yangi g‘oyalar, innovatsion loyihalar va hunarmandchilikni raqamli rivojlantirish sari muhim qadam! Hunarmandlar va tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar eshigi ochiladi.
“Milliy liboslar faxrim” mavzusidagi ko‘rgazmali namoyish — yurtimiz hunarmandlari tomonidan tayyorlangan milliy liboslar kolleksiyasi namoyish etiladi. Milliy uslub, zamonaviy did va ayollar husniga yangicha yondashuv!
Ommaviy axborot vositalari vakillarini taqdirlash marosimi — “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda samarali ish olib borayotgan OAV vakillari taqdirlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Do‘mbirobod ko‘chasi, 74-uy
Sana: 2025-yil 21-iyun
Vaqt: 17:00
Barcha mehmonlar uchun – yangi tanishuvlar, ilhom va hayajonli taassurotlar kafolatlanadi!
Tadbirdan fotosurat va videolavhalar tayyorlanadi.
Marhamat, milliy an’analar va zamonaviy yutuqlar uyg‘unligiga guvoh bo‘ling!