2025 yil 29-31-sentyabr kunlari Skandinaviyaning Orxus shahrida «ААRHUS FESTIVAL 2025 – Aarhus Festuge – no age» nomli ko’rgazma o‘tkaziladi.
Ko’rgazmada ishtirok etish ixtiyoriy.
Festivalda ishtirok etish va boshqa barcha xarajatlar hunarmandning o’z hisobidan qoplanadi.
Stend narxi va joy olish imkoniyati:
Stend narxi: Bepul, o’lchami 3х3
Toshkentdan Kopengagenga aviachipta narxlari:
Narxlar: O‘rtacha borib kelish narxi 800-900 AQSH dollari atrofida bo‘lishi mumkin.
Toshkentdan Orxusga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud emas. Odatda, Kopengagen yoki boshqa shaharlarda bir marta transfer bilan amalga oshiriladi.
Orxusga yetib olish uchun transport xarajati:
Avtobusda eng arzon narx o’rtacha 179 Daniya kr- 35 AQSH dollari atrofida
Mehmonxona (1 kunlik) to‘lovi:
Hotel «Wake up Aarhus»: 1 kecha uchun narxlar taxminan 90-100 AQSH dollaridan boshlanadi.
Orxus shahrida turli narxlardagi mehmonxonalar mavjud.
Tadbir bo‘lib o‘tish manzili:
Manzil: Orxus shahri, Vester Alle 15, Aarhus C, 8000 Daniya qirolligi.
Ko’rgazmada ishtirok etishni xohlovchi xunarmandlar quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’tishi so’raladi.
https://forms.gle/nNa3tXs1QNTHRuFg7 .
Xujjatlar shu yilning 14-iyul sanasigacha qabul qilinadi.
Ma’lumot o’rnida: Ro’yxatdan o’tgan hunarmandlarning 2 nafari ko’rgazmada ishtirok etish uchun badiiy kengash tomonidan saralab olinadi.
Veb-sayt: https://www.aarhusfestuge.dk/