Uyushma mas’ullari tomonidan Piskent tumanidagi Mo‘minobod, Lolaariq, Birlik va Bekobod mahallalaridagi ish bilan band bo‘lmagan 50 nafar yoshlarning har birining hayot tarzi, muammolarini o‘rganish, ularni hal qilish, salohiyatlarini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, hunarmandchilik sohasiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Bu bo‘yicha yoshlar bilan individual ishlash yuzasidan Yo‘l xaritasi shakllantirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.