O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati “Tiklanish, taraqqiyot va hunarmandchilik maktabi” davlat muassasasi rahbari Muhammadjon Yakubov bilan uchrashib, suhbatshadi.
Suhbat davomida hunarmandchilikning jun yo‘nalishi, tosh bilan ishlash va boshqa qator yo‘nalishlarida hozirgi kunda O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari hunarmandlariga yanada qulaylik yaratish hamda ikki tomon o‘rtasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat yakunida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish hamda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati o‘rtasida xalqaro memorandum imzolandi.