Farida Kulmatova Zakirovna

Farida Kulmatova Zakirovna 1985-yil 28-sentabr Navoiy viloyati Karmana tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Tatariston davlati Qozon shahridagi «Muahmmadjon Hasainov nomidagi Islom instituti»da «Qur’onshunoslik» yo’ nalishi talabasi.

Bundan tashqari «Arab tili Qur’on tajvidi» bo’yicha Mudarris akademiyasi bitiruvchisi. 2022 Yilda «Storytelling» kursini, «O’zimiz bilan yuzma yuz» loyihasi, «Mudarris akademiyasi «‚»Biznes trener» loyihasi va yana bir qator loyihalarni faol va muvaffaqqiyatli tugatgan va butun MDH bo’yicha xalqaro biznes trener.

Farida Kulmatova Zokirovna yoshligidan kuchli biznesmen bo’lib ko’plab yirik loyihalar asoschisi sifatida tanilgan. 25 yillik tajribaga ega biznes lady. 25 yil davomida «Qizilqumsement» AJ zavodi bilan hamkorlikda viloyatlar bo’ylab sement sotish va yetkazib berish bo’yicha logistika jarayonlarini amalga oshirgan.

Farida Kulmatova Zokirovna hozirda 6 nafar farzandning onasi. Farzand tarbiyasi bilan cheklanib qolmay , ilm olish, o’zini ustida ishlashga va rivojlanishda davom etdi. Ko’plab loyiha va kurslarni tamomladi.

Farida Kulmatova Zokirovna ko’p yillik tajriabga ega kuchli biznes lady sifatida respublika va Fransiya, Xitoy, Indoneziya, Qirg’iziston, Rossiya, Yaponiya, Azarbayjon va boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan ko’plab biznes haftaliklari dasturlarida respublika delegatsiyasiga rahbar sifatida faol ishtirok etgan.

Farida Kulmatova Zokirovna shu davrgacha mamlakat miqyosida ko’plab tadbir va seminarlar tashlik etgan holda yosh tadbirkor ayollarning o’zlariga bo’lgan ishonchi va rivojlanish stretegiyalari bilan bo’lishgan.

Farida Kulmatova Zakirovna o’z bilimlari va ko’p yillik tajribasiga tayangan holda o’zining biznes kurslarini tashkil qildi. Bu kurslarda o’z biznesiga ega ammo rivojlanishdan to’xtagan yoki yanada rivojlanib butun respublika va jahon miqyosida o’z o’rnini topishga intilayotgan ayol va qizlar uchun mo’ljallangan. Hozirgi kunda butun respublika miqyosidagi ayol va qizlar o’rtasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun o’zlarining ko’p yillik tajribasidan kelib chiqib, yosh tadbirkorlarga yo’l ko’rsatish va muvaffaqiyatga erishish uchun o’zining yana bir yirik dasturiy manbaga ega «Faridam» lohihasini yo’lga qo’ygan.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.