Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasida hunarmandlar ishtiroki

Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasida hunarmandlar ishtiroki

Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi hamda uning qoshidagi Ixtirochi ayollar uyushmasi hamkorligida oʼtkazilayotgan “Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” birinchi tanlovining yakuniy bosqichi doirasida Toshkentdagi Turin politexnika universitetida tashkil etilgan koʼrgazmada tanlovning final bosqichida qatnashayotgan xotin-qizlarning ishlanmalari, ilmiy izlanish va tadqiqotlari namoyish etildi.
Hududlardan saralab olingan eng yaxshi ilmiy-tadqiqot va ishlanma mualliflari yetakchi ekspert va mutaxassislar huzurida oʼz izlanishlarining taqdimotini oʼtkazib, ixtirolarining oʼziga xosligi, noyob jihatlari xususida maʼlumot berish imkoniga ega boʼldi.
Mazkur tanlov natijasida iqtidorli xotin-qizlarning tegishli soha korxonalarining ilmiy, texnik va texnologik masalalari boʼyicha olingan patenti asosida innovatsion loyihalar tayyorlanadi. Shu bilan birga Innovatsion rivojlanish vazirligi, agentliklar, xolding kompaniyalari, aktsiyadorlik jamiyatlari, sanoat korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʼtkaziladigan tanlovlarda tadqiqotchi ayollar oʼz loyihalari bilan qatnashishi boʼyicha tashkiliy ishlar amalga oshiriladi.
“Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” birinchi tanlovining yakuniy bosqichida “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari boʼlgan 30 nafardan ortiq xotin-qizlar faol ishtirok etdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati