Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Zamonamiz qahramonlariga ehtirom

Zamonamiz qahramonlariga ehtirom

Bugun 29 avgust kuni Namangan viloyatida joylashgan Viloyat Sogʼlikni saqlash tizimida faoliyat olib borayotgan shifokorlar jumladan, Viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri,Namangan shahar 1-tugʼruqxona, viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi,viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazida aholiga beʼminat xizmat koʼrsatib kelayotgan bir guruh shifokor va hamshiralarni Oʼzbekiston mustaqilligining 29 yilligi bayrami bilan tabriklash maqsadida…

Bugun 29 avgust kuni Namangan viloyatida joylashgan Viloyat Sogʼlikni saqlash tizimida faoliyat olib borayotgan shifokorlar jumladan, Viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri,Namangan shahar 1-tugʼruqxona, viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi,viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazida aholiga beʼminat xizmat koʼrsatib kelayotgan bir guruh shifokor va hamshiralarni Oʼzbekiston mustaqilligining 29 yilligi bayrami bilan tabriklash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi Naiangan viloyati boshqarmasi rahbar va xodimlari hamda faol hunarmandlar borishdi.

“Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyati boshligʼi Jaxongir Valiev  bu yerda mehnat qilayotgan bir guruh shifokor va hamshiralarni Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrikladi. Tadbirda Zamonamiz qahramonlari shifokorlarni bugungi kunda xalqimiz salomatligi yoʼlida amalga oshirayotgan fidokorona mehnatlari eʼtirof etildi va ularga tashakkur bildirildi. Аlbatta, shifokorlar oʼz oʼrnida fuqarolar ham tibbiyot xodimlarini koʼrsatmalariga amal qilishni yaьni sanitariya qoidalari, normalar va gigiena qoidalariga qatьiy ravishda ehtiyot chorasini koʼrishni taʼkidladilar.

Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi  tomonidan pandemiya davrida koʼrsatgan jasoratlari, koʼrinmas yovga karshi kurashishda jonbozlik koʼrsatib kelayotgan 10 nafar tibbiyot xodimlariga hunarmandchilik mahsulotlaridan iborat sovgʼalar topshirdilar.Shuningdek, viloyat televideniyasi va viloyat matbuot xizmatini xam bayram bilan tabriklashdi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan tibbiyot maskanlarida bunday xayrli ishlar davom etmoqda.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati