Yoshlar siyosati

Hunarmand uyushmasi > Yoshlar siyosati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–77-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida” gi 252-son qaroriga asosan mahallabay ishlash markazi va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini o‘zaro bog‘liq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Onlayn Mahalla” elektron platformasi orqali joriy yil boshidan shu kungacha usta-hunarmand va shogirdlar tomonidan jami 3 134 ta subsidiyalar bo‘yicha arizalar kelib tushgan.
2022 yilda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” hisobidan 17 844 nafar usta-hunarmand, shogird hamda ishsiz fuqarolarni hunarmandchilikka yo‘naltirish uchun 40,6 mlrd. so‘m subsidiyalar ajratilishi prognozlashtirilgan.
Joriy yil 25 iyul’ holatiga hokim yordamchilari tavsiyanomasiga asosan, 1102 ta ariza bo‘yicha 846,9 mln so‘m subsidiya “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamg‘armasi hisobidan to‘lab berilgan.
“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar bo‘yicha kunlik monitoring ishlari olib borilmoqda.


Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ajratilgan mablag‘lar:

2018-2021 yillar davomida kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro uch tomonlama shartnoma orqali Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan usta-shogird an’analari asosida o‘quv kurslariga jami 14 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Joriy yilda jami o‘quv-kurslarini o‘tishi rejalashtirilgan 4572 nafar usta-hunarmandlarning 378 nafariga 294  mln. so‘m mablag‘ to‘lab berilgan


O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda yoshlar bilan manzilli ishlash tiziminiyaratish, ularni bosh vaqtini mazmunli o‘tkazish (5 muxim tashabbus) bo‘yicha vazirlik va idoralar xamkorlik dasturi ijrosi to‘g‘risida ma’lumot

yuklab olish


O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, shu jumladan qadimiy noyob hunar turlarini qayta tiklash, an’anaviy hunarlarni o‘rgatish, azaliy qadriyatimiz bo‘lgan milliy hunarmandchilikni keyingi avlodga o‘tkazish orqali yangi avlod hunarmandlarini tayyorlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni, xotin-qizlarni foydali mehnatga yo‘naltirish maqsadida “Usta-shogird” maktablari faol yo’lga qo’yilgan.

“Usta-shogird” maktabining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha “Usta-shogird” maktabi an’analarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirish va takomillashtirish;
-mehnatga layyoqadli aholini hunarmandchilikka jalb etish;
-ishsiz yoshlarni, xotin qizlarni va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
-milliy hunarmandchilikning yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, saqlab qolish va rivojlantirish;
-xunarmandchilik rivojlanmagan hududlarda ustalarni jalb etgan holda band bo‘lmagan aholiga hunar o‘rgatish maqsadida hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bir martalik o‘quv-mahorat kurslari tashkil etish;
-iqtidorli yoshlarni aniqlar, ular orasidan kelajakda yetuk hunarmandlar yetishib chiqishida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
-shogird tayyorlashda ijobiy natijalarga erishgan, ilg‘or usta-hunarmandlarni rag‘batlantirish, qulay shart-sharoitlar yaratilishida ko‘maklashish;
-hunar o‘rganayotgan shogirdlar ro‘yxatini shakllantirish, ularning  monitoringini yuritish va manfaatdor tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish;
-usta-shogird munosabatlarida tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilash vazifalarini o’zida jamlagan.