Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yosh hunarmandlar uchun masofaviy taʼlim

Yosh hunarmandlar uchun masofaviy taʼlim

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi
doirasida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yosh hunarmandlarni uyda qolib, oʼz ustlarida ishlashlari uchun masofadan turib, ish olib borilmoqda. Uyushma Аxborot xizmati yosh hunarmandlar uchun “Turfa xil maʼnaviyat va madaniyatni oʼrganamiz”shiori ostida masofaviy taʼlim loyihasi doirasida hozirgi xalqlar va elatlarning kelib chiqish tarixi, ularning shakllanishi, hududiy joylashishi va etnik jihatdan tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayoni, tarixiy yoʼqolib ketayotgan xalq va elatlarning oʼtmishdagi etnik jarayoni, maishiy turmush sharoiti va maʼnaviy madaniyat xususiyatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni eʼtiboringizga havola etadi.
Maʼlumki, uzoq, oʼtmishda xioniylar va ular tarkibidagi barcha qabilalarShimoliy Xitoyda, Sibirda, milodiy I—II asrlarda esa bepoyon Kozogʼiston choʼllarida yashaganlar. Ularning ayrim guruhlari shu asrlarda Movarounnahr va Xorazm hududlariga ham kelib joylashganlar. Turk xoqonligi Moʼgʼuliston va Yettisuv hududlarida (VI asr oʼrtalarida) tashkil topgan. VI asr oxiri — VII asr boshlarida Turk xoqonlari Movarounnahrda, gʼarbda Orol va Kaspiy dengizlari atroflaridagi katta hududda oʼz hukmronliklarini oʼrnatdilar. Turk xoqonliklari davrida ham ikki azim daryo (Аmu va Sirdaryo) oraligʼiga, Xorazm oʼlkasiga va ularga tutashgan mintaqalarga turkiy xalqlar, qabilalar kelib oʼrnashgan edilar. Demak, Movarounnahr va Xorazm aholisi xioniylar va turk xoqonliklari davrlarida kelgan etnoslardan tashkil topgan va ulardan oʼzbek xalqi kelib chiqqan degan fikr tugʼiladi. Shunday boʼlishi mumkin edi, qachonki xioniylar yoki turk xoqonliklari Movarounnahr va Xorazmni egallaganda bu hududlarda ular kelmasidan oldin ham aholi yashamagan yoki ularning zarbasidan bu yerlarda yashab kelgan xalqlar batamom kirib yuborilgan boʼlsa. Tarixdan bizga yaxshi maʼlumki. unisi ham, bunisi ham boʼlmagan. Xioniy qabilalari kirib kelgan kezlarda Movarounnahr va Xorazm hududida xorazmliklar, soʼgʼdiylar, kushonlar, qangarlar va bir kancha boshqa xalqlar yashagan. Bu hududlarni Turk xoqonligi egallaganda (VI asrning ikkinchi yarmi) esa xorazmliklar va sugʼdiylar qatorida kidariylar, xioniylar, eftaliylar va boshqa xalqlar ham boʼlgan.
Turk xoqonligi hukmronligini oʼrnatganda Movarounnahr va Xorazm hududidan xoqonlikka itoat qilmagan etnik guruhlargina chiqib ketgan, xolos. Аholining aksar koʼpchiligi oʼz oʼrinlarida bu yerlarga yangidan kelib joylashgan turkiy xalqlar bilan birga boʼlgan. Demak, ikki azim daryo (Аmudaryo va Sirdaryo) oraligʼi va Xorazm oʼlkasi qadimdan nufuzli oʼlkalar boʼlgan, bu hududlar hech vaqt aholisiz qolmagan. Аyrim Kalamkashlar taʼkidlagan fikrlarga asoslanib, oʼzbek xalqining kelib chiqishini faqat xioniylardan yoki VI—VII asrlarda kelib oʼrnashgan turkiy xalqlardan boshlasak, unda oʼzbek xalqi tub yerli aholi asosida )mas, balki kelgindi etnik rypyhlap asosida shakllangan boʼlib chiqadi. Masalaga bu yoʼsindaqaralsa, xalqimizning tarixi va madaniyat ildizlari ancha sayozlashib qoladi. Hozirgi Oʼzbekistan xududida qadim- qadimdan yashab kelgan, boy tarix va madaniyat yaratganlar ajdodlarimiz boʼlmay qoladi, ular yaratgan moddiy madaniyat va maʼnaviyatdan chetlashib qolgan boʼlamiz. Masalaga bu tarzda qarash haqiqattga toʼgʼri kelmaydi. Tarix guvohlik beradiki, oʼzbek xalqi mazkur hududda yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa qadimgi turkiy xalqlardan boshlangan. Har ikkala asosiy ildizlarning birikishi — oʼzaro sintez oʼzbek elatini va keyinchalik millatini gashkil etgan. Har qanday xalq, alohida etnik birlik (elat) boʼlib maʼlum bir hududda, maʼlum tarixiy davrda shakllanadi. Oʼzbek xalqi ajdodlari ham elat boʼlib, Movarounnahr va Xorazm hududida, hamda ularga tukni boʼlgan mintaqalarda shakllangan. Bu xududlarda antik davrlarda dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shugʼullanib kelgan baxtarliklar, xorazmliklar, soʼgʼdiylar, fargʼonaliklar, shoshliklar yashab kelgan edilar. Choʼl zonalarida saklar, massagetlar va boshqa koʼchmanchi qabilalar joylashib, asosan chorvachilik bilan shugʼullanganlar. Tarixchi, sharqshunos va gilshunos olimlar (S. P. Golstov, А. Yu. Yakubovskiy, K. V. Trever, А. А. F reymam, V. А. Livshits va boshk,.) yuqorida tilga olingan xalqlarni sharqiy eron tiliga mansub etnoslar boʼlganligini taʼkidlab oʼtgan edilar. Balki shundaydir. Аngik davrda, uning birinchi yarimlarida, Markaziy Osiyo mintaqalarida turkiyzabon etnoslar ham boʼlganligi ehtimoldan xoli boʼlmasa kerak. Qaddimgi Yunon va Eron mambalarida bularni ham eron tilli qabilalarga qoʼshib, sak-massagetlar deb qayd qilgan boʼlishi mumkim. Soʼzsiz, bu masalalar chuqur va izchil targʼibotlarni talab qiladi.
Movarounnahr va Xorazm mintaqalariga ayrim turkiy qabilalar miloddan oldingi II—I, milodiy I asrlarda kelib oʼrnashganligi borasidagi aniq, maʼlumotlar Xitoy votseanavislarining axborotlarida uchraydi. Miloddan oldingi III asrlarda Sirdaryoning oʼrta oqimlarida Qangʼ davlati tashkil topdi. Bu davlat V asr oʼrtalarigacha oʼz hukmronligini saqlab keladi. Miloddan oldingi IV—I asrlarda Tangritogning shimoli-sharkda yashovchi usunlarning baʼzi guruhlari va Shimoliy Xitoyda, Janubiy Sibirda va Jungoriyada joylashgan turkiy qabilalarning ayrim guruhlari koʼchib kelib Qangʼ davlati hududiga oʼrnashadilar. Sirdaryo sohillarida ikki tilga (eron va turk) mansub va oʼziga xos (oʼtroq, dehqonchilik va chorvachilik) madaniyatiga ega boʼlgan egnoslar yashaganlar va ular bir-birlari bilan yaqin ikdisodiy va madaniy aloqada boʼlib kelganlar. Bu aloqalarning tobora rivojlanib, chuqurlashib borishi natijasida Qangʼ davlati doirasida turkiyzabon egnoslar ustuvorlik qilib, yangi turkiy etnos — qangʼar elati vujudga keladi. Shundayqilib eron tilli xalqlar (soʼgʼdiylar, assianlar, oslar va bosh k.) bilan Sirdaryo sohillariga va Movarounnaxr mintaqalariga, Xorazm oʼlkasiga kelib oʼrnashgan turkiy etnoslarning qoʼshilib, qorishib ketishlari natijasida qangʼar elati shakllanali. Qangʼar elati Markaziy Osiyoda antik davrning oʼrtalarida vujudga kelgan ilk mahalliy turkiyzabon etnik qatlamni tashkil qilgan.

                                                                                                                     Uyushma Аxborot xizmati

Manba: Karim Shoniyozovning Oʼzbek xalqining shakllanish jarayoni kitobi

Author: Uyushma axborot xizmati