Hunarmand uyushmasi > “Sohir qalam mo’jizasi”

“Sohir qalam moʻjizasi” nomli Respublika xattotlik asarlaridan tashkil topgan koʻrgazmada yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan xattotlar, yoshidan qat’iy nazar, hunarmand ustalar, oliy va oʻrta ta’lim muassasalarining talaba va oʻquvchilari, havaskorlar va usta-shogird maktablari qatnashchilari ishtirok etadilar.

Ishtirokchilar kamida toʻrttadan ijodiy ishlari bilan ishtirok etadilar. Bu ishlarda nash, nasta’liq, suls, kufiy, devoniy va boshqa xat turlarida qadimiy oʻzbek hikmatlarini, pand-nasihatlar, mutafakkirlarning goʻzal fikrlarini aks ettirishlari kerak

Ijodiy ishlarning hajmi A4 dan A1 gacha oʻlchamlarda boʻlishi, ramkaning ichiga joylanishi kerak.