Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Videokonferentsiya o’tkazildi

Videokonferentsiya o’tkazildi

Joriy yilning 13 iyul kuni Butunjahon Hunarmandlar Kengashi Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi prezidenti Gada Xijjavi Kaddumi, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Аdham Ikramov, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev va rais oʼrinbosari Аziz Murtazoevlar ishtirokida videokonferentsiya oʼtkazildi.

Videokonferentsiyaning oʼtkazishdan asosiy maqsad Butunjahon Hunarmandlar Kengashi – Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasining Bosh Аssambleyasini 2020 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida oʼtkazish koʼzda tutilayotganligidir. Аssambleyani oʼtkazishda 34 ta mamlakatdan 80 dan ortiq delegatlar qatnashadi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu anjumanda Butunjahon Hunarmandlar Kengashi Prezidenti Rozi Grinliz, tashkilotning Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi Prezidenti Gada Qaddumi, Boshqaruv Kegashi aʼzolari hamda aʼzo mamlakatlar milliy tashkilotlari ishtirok etadi.

Bosh Аssambleyada asosiy masalalardan biri keyingi 2021-2024 yillar uchun Butunjahon Hunarmandlar Kengashi – Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi Prezidentligini Oʼzbekistonga olish boʼlib, ushbu nufuzli tadbir doirasida Halqaro Simpozium va hunarmandlar ishtirokida koʼrgazma tashkil etish ham koʼrib chiqildi.

Bundan tashqari mamlakatamizda hunarmandchilikka berilayotgan yuksak eʼtibor va 2021 yilning sentyabr oyida Qoʼqon shahrida tashkil etiladigan 2-chi Xalqaro Hunarmandchilik Festivaliga koʼrilayotgan tayorgarlik haqida maʼlumotlar berildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati