Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Turistik manzilda hunarmandchilik markazi tashkil etildi

Turistik manzilda hunarmandchilik markazi tashkil etildi

Karmana tumanidagi «Raboti-Malik» karvonsaroyi va o‘sha hududda joylashgan qadimiy sardoba Navoiy viloyatida turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan tarixiy ob’yektlardan biri hisoblanadi.

Qolaversa, ushbu manzil xalqaro ahamiyatga ega M-37 avtomagistrali chetida joylashgani ham turistlarga qator qulayliklar yaratadi.

Hududda hunarmandchilik markazi tashkil etildi. Markazda  karmanalik yosh tadbirkor va hunarmandlar tomonidan qo‘lda yasalgan turli suviner buyumlar sotuvi ham yo‘lga qo‘yildi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati